So’nggi yangiliklar

13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  1 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  6 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9

Baxtiyor Ashurmatov: "Ikkinchi taymdagi o'yinimiz orqali durangga loyiq edik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Ikkinchi taymdagi o'yinimiz orqali durangga loyiq edik"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida qatnashdi.





"Juda ham murakkab o'yin bo'ldi. "So'g'diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa. Tan olish kerak birinchi taymda raqib bizdan ustunlik qildi va himoyadagi xatolarimizdan foydalanishdi. Tezkor gol urganimizga qaramay ketma-ket uchta gol o'tkazib yubordik.

Ikkinchi taymda vaziyatlar yaratdik, oxirigacha kurashdik, afsuski futbol shunday beshafqat. Ikkinchi taymdagi o'yinimiz orqali hech bo'lmasa durangga loyiq edik. Yigitlarimiz oxirgacha kurashishgani uchun muxlislarimiz ularni olqishlab qo'yishdi.

Asosiy darvozabonimiz Muzaffar Abdullaev jarohat olganidan keyin har o'yinda turli darvozabonlar tushmoqda. Birinchi davradan keyin Islomjon Abdullaevni qaytarish imkoniyati bor, yoki Asilbek Amonov yil boshida bizning jamoaga kelishi mumkin edi. Biroq uch darvozabon bilan shartnoma tuzib bo'lgandik. Yozda balki uning variantini yana ko'rib chiqarmiz.

Bobur Akbarov zaxiraga olinganidan keyin jahli chiqdi? O'zim ham futbolchi bo'lganman, birinchi taymda zaxiraga olinish hech kimga yoqmaydi. Lekin 1:3 hisobida yutqazayotgandik va tavakkal qilishimiz kerak edi. O'zgarishlar o'zini oqladi, hujumkorlik ortdi, Abduhamidovning o'zida ikkita vaziyat bo'lgandi. Bitta yoqmagan jihat bu raqib futbolchilarining maydonga yotib olishlari bo'ldi, mayli bu vaziyatga to'xtalib o'tishni xohlamayman. Mag'lub bo'ldik va ayb o'zimizda.

Andrey Sidorovning potenciali yuqori, lekin so'nggi yillarda o'yinida pasayish bo'ldi. Uni mana shu "chuqurlik"dan olib chiqib ketsak juda yaxshi o'yinlar namoyish etishi aniq.

FIFA kunlari munosabati bilan taxminan 1 oylik tanaffus bo'ladi. Bundan unumli foydalanishimiz kerak. Rejalarimizda "Turon" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bor. Keyingi rejalar tasdiqlangach bu borada alohida xabar beramiz", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика