So’nggi yangiliklar

14:09Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга мағлуб бўлди  3 13:55"Арсенал" Жотанинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирди  0 13:31Буюк Британия бош вазири Диогу Жотанинг ўлими ҳақида фикр билдирди  0 13:04Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас"  3 12:37"Футбол олами". "Динамо" яна ўз уйида ютқазди, "Навбаҳор" ва "Пахтакор" Кубокда чорак финалга чиқди  0 12:29Расман: Сардор Раҳмонов – "Сўғдиёна" футболчиси!   5 12:13Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси  19 12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   10 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  25 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  4 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  5 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  2 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  12 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0

Baxtiyor Ashurmatov - Eldor SHomurodov, Rustam Ashurmatov va Gonkong bilan o'yin haqida Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov - Eldor SHomurodov, Rustam Ashurmatov va Gonkong bilan o'yin haqida

O'zbekiston terma jamoasi 26 mart kuni JCH-2026 saralashida Gonkongga qarshi maydonga chiqadi.

Dastlabki o'yinda mehmonda g'alabaga erishgan vakillarimiz keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi. Ilk o'yinda Eldor SHomurodov va Rustam Ashurmatovning gollari O'zbekistonga g'alaba keltirgan edi. Bo'lajak o'yinda ham terma jamoamizdan ishonchli g'alabani kutamiz. Mazkur o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Uzbekistan

Eldor Shomurodov - 20', Khozhimat Erkinov - 63', Oston Urunov - 70'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. E . 4-tur

26/03/2024, 19:30

0
:
3
Tugadi

Hong Kong

Stadion: 10230 tomoshabin

45'
90'
20'  Eldor Shomurodov
46'  Eldor Shomurodov (Oston Urunov)
57'  Abbosbek Fayzullayev (Khozhimat Erkinov)
63'  Khozhimat Erkinov
68'  Jaloliddin Masharipov
70'  Oston Urunov
80'  Farrukh Sayfiev
81'  Otabek Shukurov (Jamshid Iskandarov)
90'  Jaloliddin Masharipov (Bobur Abdikhalikov)
90'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
62'  Siu Kwan Chan (Matthew Orr)
78'  Juninho (Jordan Lok Kan Lam)
78'  Tze-Nam Yue (Wang Kit Tsui)
78'  Michael Udebuluzor (Lam Hing Ting)
90'  Pui-Hin Poon (Yu Joy Yin)
90'  Wang Kit Tsui
 

- Osiyo Kubogida terma jamoamiz o'z saviyasidan pastroq darajada o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. To'g'ri, tarkibimizda Yo'qotishlar bor edi. Lekin O'zbekiston ko'rsatgan natijasidan yaxshiroq natijaga erishishga qodir edi. Gonkong bilan o'yinni esa futbolchilarimiz yaxshi saviyada o'tkazdi. Aytish kerakki, Gonkong Osiyo Kubogidagi raqiblarimizdan pastroq darajadagi jamoa hisoblanardi. Bunday raqiblarga qarshi ruhan tayyorlanish oson emas. Terma jamoamiz bu o'yinni ishonchli o'tkazdi, deya olaman. Gonkongga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo'q. To'p nazorati, vaziyatlar yaratishda juda ishonchli to'p harakat qilishdi. Bu bilan keyingi bosqichga qiyinchiliksiz chiqishimizni ko'rsatib berdi. 

- Eldor SHomurodovni bemalol terma jamoamizning almashtirib bo'lmas o'yinchisi deb aytishimiz mumkin. U ko'p qirrali hujumchi. Eldor bilan terma jamoamiz albatta kuchliroq ko'rinadi. Hujumchi vaziyatlar yaratishda, raqib himoyachilariga bosim uyushtirishda, tezlikda raqib himoyachilaridan qochib ketishda kuchli. Qisqa qilib aytganda terma jamoamizning haqiqiy etakchisi.


- Gonkongga qarshi bahsda xursand qilgani Rustamjonning O'zbekiston terma jamoasida urgan debyut goli bo'ldi. Bu gol chiroyli amalga oshirildi. Masharipovning ajoyib uzatmasi va Rustamjonning ochiq poziciyaga ochilishi yakunda golga olib keldi. Uning asosiy tarkibdagi o'yinlari davomiy bo'lsin. Oxirgi paytlarda "Rubin" va O'zbekiston terma jamoasidagi ishonchli o'yinlari orqali bu golga munosib edi. Ko'z tegmasin oxirgi paytda futbolchi sifatida katta o'sishga erishdi. Lekin uning salohiyati juda yuqori. "Rubin"da kam o'yin amaliyoti berilayotgani o'sishiga to'sqinlik qilayotgandi. Umid qilamanki, Rustamjon klubida ham etarli o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. 

- Javob o'yinida yanada ishonchli tarzda to'p tepamiz va yirik hisobdagi g'alabaga erishamiz. Xudo xohlasa oxirida ham suyuntirishsin. O'zbekistonlik muxlislarning azaliy orzusi O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishini ko'rish. Bu murakkab yo'lda vakillarimizga omad va sog'lik tilayman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика