So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Durangga mos o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Durangga mos o'yin bo'ldi"

"Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumani birinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yin jangovor ruhda o'tdi. Afsuski, himoyadagi xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Bugun durangga mos o'yinga guvoh bo'ldik. Har ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qilishdi. Omad "Qizilqum"ga ko'proq kulib boqdi. SHu sababli mag'lubiyatga uchradik. "Qizilqum"ga qarshi bahs biz uchun katta axamiyatga ega edi. Sababi, agarda navoiyliklarni mag'lub etganimizda musobaqa jadvalida yuqoriroq o'rinlarga ko'tarilib olardik. Birinchi davrada o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik deyish mumkin. Yana oldinda ikkita chempionat o'yinlari bizni kutib turibdi. Vaziyatni to'g'irlab, muxlislar oldida aybimizni yuvishimiz kerak. Boshqa ilojimiz qolmadi. Baxriddin Vahobov ushbu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Uchrashuvdan oldin ham buni aytib o'tgandim. U golga chanqoq va har bir vaziyatdan unumli foydalanish imkoniyatiga ega o'yinchi. Baxriddinning kerakli joyda bo'lish xislati evaziga "Qizilqum" bugun 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Darvozabonimiz jaroxati? U hozir bemalol yura olmayapti. Melenchuk yo'q joydan jaroxat oldi. Uning shikastlanishi ham "Navbahor"ga salbiy tasir o'tkazdi. Zaxiradan o'yinchi chiqarib, o'yinni kuchaytirish imkonidan mahrum bo'ldik. SHahboz Erkinovni afsuski o'yinga tushira olmadik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика