So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Durang natija hech kimni qoniqtirmagani aniq" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Durang natija hech kimni qoniqtirmagani aniq"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.





"Bugun juda jangovar o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham shiddatli o'yin ko'rsatdi. Durang natija hech kimni qoniqtirmagani aniq. Raqibimiz Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Biz esa o'tgan yilgi natijamizni yanada yaxshilash uchun harakat qilyapmiz. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Ivan Yosovich imkoniyatdan foydalana olganida, uch ochko egasiga aylanishimiz mumkin edi. Lekin durang adolatli natija bo'ldi. Ulug'bek Baqoev jangovar o'yin namoyish etishni yaxshi ko'radi. “So'g'diyona”ning bugungi natijalarida uning hissasi katta. Jizzaxliklarga keyingi bahslarda omad tilab qolaman. 

“So'g'diyona” standart vaziyatlardan samarali o'ynashini bilgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Bizning darvozamiz oldidagi xavfli vaziyatlar ham aynan standart vaziyatlardan keyin sodir bo'ldi. Raqiblarda bo'ydor futbolchilar ko'pligi bois ikkinchi bo'limda Akbarov va Melievni maydonga tushirdim. O'yinga munosib tayyorgarlik ko'rganimiz uchun Jizzaxdan bir ochko bilan qaytdik. 

O'tgan yili 5-o'rinni egallagandik. Bu yil yaxshiroq natija qayd etishni maqsad qilgandik. SHu bois, hozir egallab turgan o'rnimiz bizni ham rahbariyat va muxlislarimizni qoniqtirmasligi turgan gap. Turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashimiz uchun qolgan bahslarda ham bugungidek jangovar o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

Keyingi turlarda kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Birinchi va ikkinchi o'rindagi jamoalardan to'rt ochko oldik. Demak, qolgan o'yinlarda ham g'alaba qozonsa bo'ladi. 

Hakamlarga etirozim yo'q. To'g'ri, o'yin davomida bir oz ehtirosga berilgan bo'lishimiz mumkin. Ammo VARning borligi etirozlarga o'rin qoldirmadi", – dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика