So’nggi yangiliklar

23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  6 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5

Baxtiyor Ashurmatov: “Bugun jamoam g'alaba qozongan bo'lsa ham xursandchilikdan sakramadim...” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Bugun jamoam g'alaba qozongan bo'lsa ham xursandchilikdan sakramadim...”

Superliga 25-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Bugun murakkab o'yin bo'ldi. Qo'qon-1912 hurmatga loyiq jamoa. Afsuski, ularning omadi kelmayapti. Qo'qonlik muxlislar talabchan. Ular har doim hujumkor o'yin tarafdori bo'lib kelishgan. Bugun jamoam g'alaba qozongan bo'lsa ham xursandchilikdan sakramadim, sababi o'zim Qo'qonlikman. “Qo'qon-1912” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman. Qo'qonlik muxlislar meni doim qo'llab-quvvatlab turishadi. Ulardan minnatdorman. Men futbolchi va murabbiy bo'lib shakllanishimda Qo'qon futbolining o'rni beqiyos. SHu uchun o'zimni Qo'qonlik muxlislardan qarzdor deb hisoblayman.

O'yin borasida gapiradigan bo'lsam, o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Ikkinchi bo'limda raqibimiz yaxshi o'ynadi. Biz esa qarshi hujumda gol urib g'alabani ilib ketdik.
Bugungi o'yin ko'rsatdiki, bizda barcha futbolchilar bir xil saviyada o'ynaydi. Asosiy tarkibdagi o'zgarishlar kubokdagi o'yin bilan ham bog'liq. “Bunyodkor”ga qarshi kechgan bahsda katta kuch yo'qotgandik. SHuning uchun zaxira o'yinchilariga ham imkoniyat berdim. Ular ishonchimni oqlashdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика