So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   3 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun futbolchilarimga etiroz bildira olmayman. CHunki..." Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun futbolchilarimga etiroz bildira olmayman. CHunki..."

Superliga 23-turdan o'rin olgan "Paxtakor"-"Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Paxtakor"ni bu yilgi mavsumdagi haqli chempionligi bilan tabriklayman. Ular mavsum davomida boshqa jamoalardan kuchli ekanligini o'z o'yinlari bilan isbotlashdi. CHempionlikni katta mehnat evaziga va haqqoniy tarzda qo'lga kiritdi. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam,  "Paxtakor"ga qarshi bunday vaziyatlar yarata turib foydalana olmaslik, o'z darvozamiz oldidagi xatolar pand berdi. Raqib bunday xatolarni kechirmaydi. Vaziyatlardan to'g'ri foydalanish va himoyada xato qilmaslikni o'yindan oldin ham aytib o'tgan edim. Ming afsuski, himoyada xato qildik va vaziyatlardan foydalana olmadik. Bunday vaziyatlardan foydalana olmaslik va xatolar bilan  "Paxtakor"ni yutib bo'lmaydi", – deydi Baxtiyor Ashurmatov.

- Takidlaganingizdek, ikkita golni ham himoyachilar o'ziga o'zi olib keldi. Filip Raevac, Quvondiq Ro'ziev, Muhammadanas Hasanovda  yaqqol golli vaziyatlar bo'ldi...

- Vaziyatlar yaratishda ustunlik qilgan bo'lsak-da, raqib 2-1 hisobida g'alaba qozongani – bu futbolchilarning kvalifikaciyasi yuqoriligi bilan bog'liq. Ular yarimta vaziyatdan foydalanib, gol urishyapti. Bizda esa teskarisi kuzatildi. Futbolchilar shoshib qoldi. Balki himoyada xatoga yo'l qo'yishimiz sababi futbolchilar xayolida  "Paxtakor" kuchli jamoa", degan narsa saqlanib qolinganidir. Aniq sababini bilmayman. Fakt shuki, vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Jamoani oldinda "Lokomotiv" bilan o'yin va ikkita vodiy derbisi kutmoqda. Bu o'yinlarga tayyorgarlik jarayonida nimalarga etibor qaratmoqchisiz?

- O'yindan oldin yigitlarga ham aytib o'tgan edim, chempionat biz uchun endi boshlanayotgandek. Futbolchilar butun mavsumda qilgan mehnatlarini qadriga etishadi deb o'ylayman. Qo'qon tarixida bunday natija qayd etilmagan. Kuchli tayyorgarlik evaziga oldindagi o'yinlarda g'alaba qozonishimiz mumkin. "Lokomotiv" bilan ham qiyin o'yin bo'ladi. Boisi, bu jamoa oxirgi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. 

- Jamoa mag'lub bo'lgan yoki durang o'ynagan o'yinlarda kech uyg'onmoqda... 

- Bizda bunday o'yinlar ko'p bo'lyapti. 0-1 hisobida ortda borayotib, yakunda gol urgan paytlarimiz bo'ldi. "Buxoro" bilan bahsda oldinda borayotib ,oxirgi soniyalarda gol o'tkazib yubordik. "Qizilqum" bilan bellashuvda 1-0 hisobida oldinda borayotib, o'z darvozamizdan 2 ta to'p olib chiqdik. Bugun yigitlarga etiroz bildira olmayman. CHunki ular oxirigacha kurashishdi. Hech bo'lmasa durang natija qo'lga kiritishimiz kerak edi. Yigitlar har bir o'yinda boshidan oxirigacha kurashishmoqda. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика