So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  0 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  26 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu yilgi sharoitimizdan kelib chiqib 6-o'rinni olishni rejalashtirgandik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu yilgi sharoitimizdan kelib chiqib 6-o'rinni olishni rejalashtirgandik"

Dinamo - Navbahor (2:1) uchrashuvidan so'ng dastlab Navbahorbosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv borasida fikr bildirdi.

- Bugun tengkuchli bo'lgan raqiblar o'rtasida o'yin bo'ldi. Har ikki jamoaga ham o'yindan oldin ochko juda zarur edi. O'yinni tengkurashlar ostida o'tdi degan bo'lardim. Faqatki Dinamo yaratilgan imkoniyatlarini golga aylantirib, g'alaba qozonishga erishdi. Raqib goli o'yin oxirida kiritilgani uchun bizda javob to'pini kiritish uchun deyarli vaqt qolmagandi. Omad raqiblarga kulib boqdi.

- Uchrashuvning birinchi bo'limida Alisher Mahmudovning jarohati bois majburiy o'zgarishga qo'l urdingiz. Bu o'zgarish jamoa o'yiniga salbiy tasir ko'rsatdimi?

- Birinchi bo'lim yakunidagi o'zgarishni ikkinchi bo'lim boshida qilishni rejalashtirayotgandim. CHunki biz mag'lubiyatga uchrayotgandik. SHu bois ikkita hujumchi bilan to'p surishni o'ylab, Ulug'bek Baqoevni maydonga tushirishni rejalashtirgandim. Aytmoqchimanki, majburiy o'zgarish o'yinimizga salbiy tasir qilgani yo'q.

- Jamoa mavsum yakunlariga ko'ra o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddalay oladimi?

- Bu yilgi sharoitimizdan kelib chiqib 6-o'rinni olishni rejalashtirgandik. So'nggi ikki o'yindagi mag'lubiyat esa bu vazifani bajarishni mushkul ish qilib qo'ydi. Qolaversa, kuchli beshlikdan tashqarida qolgan jamoalar orasidagi ochkolar farqi katta emas. Biz har qanday holatda ham mavsum so'nggiga qadar bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика