So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  0 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  2 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  4 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  59 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Baxtiyor Ashurmatov: Bolalar futboli - futbolimiz kelajagi poydevori Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Bolalar futboli - futbolimiz kelajagi poydevori

O'zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov 29-31 oktyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilgan milliy terma jamoa murabbiylari ishtirokidagi OFK konferenciyasida ishtirok etib qaytdi.
Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati yakunlariga bag'ishlangan mazkur konferenciyada futbol qitada futbolni rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan futbol medecinasini rivojlantirish, shuningdek hakamlik, bolalar futbolini rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Konferenciya davomida germaniyalik mutaxassislar Braziliyada o'tkazilgan Jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan Germaniya terma jamoasining g'alabasiga bag'ishlangan, bir necha yillik tayyorgarlik bosqichi haqidagi dasturini taqdim etishdi.

Ayni damda O'zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga assistentlik qilayotgan Baxtiyor Ashurmatov O'zbekiston Futbol Federaciyasi rasmiy saytiga bergan intervyusida mazkur konferenciya haqida batafsil to'xtalib o'tdi.

 Baxtiyor Ashurmatovning aytishicha, OFK konferenciyada ko'rilgan masalalar, taqdim etilgan dasturlar qitada futbolni rivojlantirishga qo'yilgan muhim qadamdir.

Jahon chempionati yakunlariga bag'ishlangan mazkur konferenciyada OFKga tarkibiga kiruvchi mamlakatlardan jami 200dan oshiq murabbiylar ishtirok etishdi. Eng avvalo futbol medicinasiga qaratilayotgan etibor diqqatimni tortdi. Hozirgi kunda futbolda jarohat olishlar, futbolchilarning maydonda hushini yo'qotish holatlari ko'p uchramoqda. Bu borada yangi zamonaviy medecina texnikalaridan foydalanish, futbolda faoliyat olib borayotgan vrachlarning malakasini oshirish borasida ko'plab yangiliklar qilish kerakligi takidlandi, - deydi O'zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi.

Futbol medicinasiga bizda hozirda katta etibor berilmoqda. CHig'atoy o'quv bazasida futbol medicinasiga ixtisoslashgan markazimiz bor. SHunday bo'lsada, bu masalaga yanada jiddiy yondashishimiz lozim. Bu borada OFK konferenciyasida katta dastur taqdimoti bo'lib o'tdi. SHundan hulosa qiladigan bo'lsak, O'zbekistonda futbol medicinasini yanada rivojlantirish, malakali vrachlar sonini ko'paytirish, har yili bir marotaba bo'lsa ham ular ishtirokida amaliy konferenciyalar o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi, - deydi Ashurmatov.

Milliy terma jamoa yordamchi murabbiyi shuningdek bu masalada murabbiylar shtabi bilan maslahatlashgan holda, O'FF Terma jamoalar markaziga bir qator takliflar bildirilishi mumkinligini qo'shimcha qildi.

Albatta, murabbiylar shtabi bilan bu masala yuzasidan suhbatlashamiz va lozim bo'lsa O'FF Terma jamoalar markaziga o'z takliflarimizni beramiz. Konferenciya davomida ega bo'lgan kerakli malumotlarni ularga ham taqdim etamiz, - dedi Ashurmatov.

Murabbiy shuningdek, germaniyalik mutaxassislarning terma jamoa Jahon chempionligigacha bosib o'tgan yo'li haqida taqdim etilgan dastur haqida o'z fikrini bildirdi.

Braziliyada o'tkazilgan Jahon chempionatida g'alabaga erishgan Germaniya terma jamoasi ushbu g'alaba uchun bir emas, ikki emas balki 15 yil tayyorgarlik ko'rganini bizga namoyish etishdi. Germaniyalik mutaxassislar tomonidan 15 yil avval tuzilgan dastur oradan shuncha yil o'tib o'z samarasini berdi. Bolalar va o'smirlar futboliga etibor bo'yicha dunyoning eng etakchi mamlakatlaridan biri bo'lgan Germaniyada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi, - deydi murabbiy o'z intervyusida.

Ular taqdim etgan dasturni futbol qo'llanmaliga kiritsa arziydi. Bugungi kunda Germaniya chempionatlarida, barcha ligalarda ishtirok etayotgan professional jamoalarning o'z akademiyasi bor. Bunday akademiyalarning soni juda ko'p. Yani, mutaxassislar futbol aynan akademiyalardan boshlanishini takidlashdi. Har bir mintaqada, regionlarda futbol murabbiylari, selekcionerlar faoliyat ko'rsatishadi. Germaniya terma jamoasining 2006 yildagi va 2014 yildagi tarkibining o'rtacha yoshini solishtirsa ham, hozirgi terma jamoaning o'rtachi yoshi ancha yosh ekanini ko'rish mumkin, - deydi murabbiy.

Ashurmatovning aytishicha, aynan bolalar futboli futbol kelajagining poydevori bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bizda ham barcha professional klublar o'z akademiyalariga, o'z maktablariga ega bo'lsa yomon bo'lmasdi: Hozirda O'zbekistonda faqat uch yoki to'rt professional klublarning akademiyasi faoliyat ko'rsatadi. Barcha yoshdagi terma jamolarimizga ham aynan ular hammadan ko'p futbolchi beradi. SHunday ekan, bolalar va o'smirlar futboliga etiborni yanada kuchaytirish, futbol akademiyaalari va maktablari, o'quv bazalari sonini ko'paytirish kerak. Buning samarasini esa Germaniya terma jamoasi misolida ko'rishimiz mumkin", - dedi Ashurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика