So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  9 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Biz bilan o'yinda ayrim jamoalar g'alabani ushlab qolish uchun maydonda "yotib oladi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Biz bilan o'yinda ayrim jamoalar g'alabani ushlab qolish uchun maydonda "yotib oladi"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.






- O'yin haqida

- Gapning ochig'i, bugungi o'yinda alamli durang natija qayd etildi. Uchrashuv oxirigacha g'alabani saqlab qolish uchun bizga tajriba etishmadi. O'yin oxirida tempni tushirib, to'p nazoratini qo'lga olish o'rniga raqibga hujum tashkil etish uchun imkon berib qo'ydik. Birorta futbolchimiz bu borada harakat qilmadi. Biz bilan o'yinda ayrim jamoalar g'alabani ushlab qolish uchun maydonda "yotib oladi". SHu kabi mayda sabablar tufayli tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. "Mashal"ning harakatlariga ham ko'z yumish kerak emas, ular oxirigacha kurashdi.

- Anvar Hojimirzaev va Ilhom Vahobovning harakatlariga qanday baho berasiz?

- So'ngi vaqtlarda bizda jarohat olgan futbolchilar ko'payib bormoqda. Jumladan, Murod Xolmuhammedov jarohat oldi, Farhod Bekmurodov o'yinga tayyor emasdi. SHu sabab tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdik. Bir xil tarkib bilan o'ynashga imkon bo'lmayapti. Ular yaxshi taasurot qoldirishdi. Futbolda shunaqa, futbolchi uchun o'yin imtihondek gap. O'zingni ko'rsat va asosiy tarkibga kir. SHu sababli hammada imkoniyat bor, o'zini ko'rsatganlar, jonini berib o'ynaganlar keyingi o'yinda ham asosiy tarkibdagi joyini kafolatlashi mumkin. 

Bugungi o'yinda "Mashal"ning imkoniyatlari standart vaziyatlarda bo'ldi. Ular burchak zarbasidan so'ng xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. O'yindan oldin raqibni o'rganganmiz. Xatto har bir futbolchi uchun alohida o'yinchimizni biriktiramiz. Xavfli vaziyat bartaraf etilmaguniga qadar o'ziga biriktirilgan futbolchi uchun javobgar bo'ladi. Negadir etiborsizlikka yo'l qo'ydik, standart vaziyatlarda raqibga gol urish imkoniyati berib qo'yildi. "Bunyodkor" bilan o'yinda ham standart vaziyatda 2 ta gol o'tkazib yuborgandik. Balki o'yin oxirida vaqtni cho'zishimiz kerakmidi?! Uyda ochko yo'qotsak, yuqori o'rindagi jamoalarga etib olish qiyin bo'ladi.

- Murod Xolmuhammedov keyingi o'yinda maydonga tushishi mumkinmi?

- Yo'q, Xolmuhammedov hali umumiy mashg'ulotlarga kirishgani yo'q. Keyingi o'yingacha vaqt kam, tayyor bo'lmasa kerak. Barcha jarohat olgan futbolchilarimiz tezroq sog'ayib safimizga qo'shilishini tilab qolamiz.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика