So’nggi yangiliklar

23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  4 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  11 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  5 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  13 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  1 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2

Baxtiyor Ashurmatov Melievning golini mo'jizaga qiyosladi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov Melievning golini mo'jizaga qiyosladi

Coca Cola Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yinga va birinchi golga munosabatingiz...

To'g'risini aytganda, birinchi golni mo'jizaga qiyoslash mumkin. Qayta-ko'rilganda ham aniqlash qiyin bo'layapti. Birinchi taasurotda gol bo'lgandek ko'rindi. O'yin jarayonida bu vaziyat borasida xulosa chiqarish qiyin edi. O'sha vaziyatda Melievning o'zi ham gol bo'ldi deb hisobladi. Raqiblar ushbu golga etiroz qilishdi. Biz endi takroriy vaziyatni ko'rmaguncha biron xulosaga kelishimiz qiyin edi. Atay gol o'tkazib yuborish judayam noto'g'ri ish bo'lardi. Lekin bugun yigitlarimiz o'z mehnatlari bilan g'alaba mos o'yin ko'rsatishdi deb o'ylayman.

- Mo'min Melievning o'zi gol deb hisoblayaptimi?

- O'yin vaqtida undan so'raganimda gol deb aytdi. Takroriy vaziyatni o'zim birinchi marta ko'rganimda goldek taasurot uyg'ondi. Yana ko'rib chiqamiz, tahlil qilamiz albatta. Endi faqat shu bitta golni gapiraverishimiz noto'g'ri bo'ladi. Hakam o'yin vaqtida tezkor qaror qabul qilishi kerak. Balki adashgandir, takroriy lavhani kattaroq ekranda ko'ramiz. Hozir telefonda ko'rib xulosa qilish qiyin bo'layapti. Darvoza to'ri yirtilgan bo'lmasa, to'p qanday qilib kirdi, bunga ham xayron qoldim. Bu vaziyat uchun jamoamiz aybdor emas deb o'ylayman, yigitlarimiz o'z ishlarini qilishdi. Jamoamiz halol futbol o'ynadi. Agar ushbu gol darvoza to'ri tashqarisidan kiritilgan bo'lsa "Mashal" jamoasiga albatta achinaman va navbatdagi o'yinlarda faqat omad tilayman. Aytish mumkin, o'yin bo'yicha baribir jamoamiz ustunroq edi. Biz tobora golga yaqinlashib kelayotgan edik.

- Qanot hakami va Mo'min Melievga necha ball qo'ygan bo'lardingiz?

- Mo'min Meliev bugun ko'rsatgan o'yini uchun 5 baho qo'yaman. Qanot hakamini baholash meni zimmamdagi ish emas. CHunki men o'z futbolchilarimni harakat va kamchiliklariga, natijasiga javob beraman.

Bugun yigitlarga aytdim, muxlislarimiz uzoq yo'l bosib Muborakka kelishdi. Ular uchun bugun 3 ta durangdan so'ng g'alabaga erishishimiz kerak deb takidladim. "Mashal" juda mehnatkash jamoa, oxirigacha taslim bo'lmaydi. Tarkibni ko'plab futbolchilar tark etganiga qaramay yaxshi jamoa tuzishgan.

Bizning vazifamiz g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilish edi. Bugun jamoamiz g'alabaga mos o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman.

Melievning goliga qayta-qayta to'xtalayapsiz. Agar o'yin paytida gol darvoza to'ri tashqarisidan kiritilganligiga ishonch hosil qilganimda balki feyr-pleyga amal qilib gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Vaziyatni ko'rib kelgan insonlar turlicha baholashdi, o'zim ko'rmagunimcha xulosa qilishim qiyin. Eng asosiysi bugungi g'alaba bilan jamoamiz azolarini va muxlislarni tabriklayman. Yigitlarimiz bugun katta hajmdagi ishni bajarishdi, astoydil mehnat qilishdi.

- Gol bo'lgandan so'ng Xomyakov va Dilyaver Vanievlar oldingizga kelib qandaydir fikrlarni aytishdi. SHu vaziyatga izox bersangiz.

- Bu endi murabbiylar o'rtasidagi o'zaro suhbat. Birinchi Xomyakov qizishib, gol o'tkazvoringlar deganga o'xshab fikr bildirdi. Kimningdir gapiga ishonib turib qanday men qanday xulosa chiqarishim mumkin? Ataylab gol o'tkazib yuborsak, bu ham ortiqcha gap-so'zlarga sabab bo'lishi mumkin edi. SHu sababli men u erda qandaydir qaror chiqarishim qiyin edi. Agar 100 foiz noto'g'ri gol kiritilganiga ishonchim komil bo'lganida, simulyaciya tufayli penalti ishlaganimizda, unda gol kiritmagin deb aytishim mumkin edi. Bu o'zaro bizning o'rtamizdagi gap, Xomyakov ham tushundi. Jamoa rahbariyati bilan ham gaplashdim, ular bizga etirozlari yo'qligini aytishdi. Biz o'z vazifamizni bajardik. Men ularga o'yin vaqtida qandaydir qarorga kelishim oson emasligini aytdim. Muxlislarni gapiga kirib turib u erda biron qaror chiqarish mumkin emas edi.

Hozir hakamga baho berishni so'rayapsizlar, bu borada alohida qo'mita bor, vaziyatni ko'rib chiqishadi. Xato qilgan bo'lsa shunga yarasha jazosini oladi.

- Bugun zahiradan tushirilgan futbolchilar o'yinni yanada kuchaytirdi. Oldindan o'ylangan reja shunday edimi?

- Bugun mehmonda o'ynayotganimizni hisobga olib bitta hujumchi bilan o'yinni boshladik. Nega Mo'min Meliev? CHunki u bir necha yillar mobaynida "Mashal"da o'ynagan.

Uning sobiq jamoasiga va muxlislariga mehri juda ham baland. Biz bugun Melievda imkoniyat bo'ladi va gol kiritadi deb o'yladik. Gol kiritdi, qanday urildi bu ikkinchi masala. Norbekovni zaxirada qoldirganimiz so'ngi vaqtlarda unda golli vaziyatlar kam yuzaga kelayotgandi. Qandaydir o'yinida pasayish bor edi. SHu sabab uni zaxiradan o'yinga tushirdik va bu o'zini oqladi. Yakuba Bamba ham bugun zaxiradan tushib yaxshi o'ynadi. Ikki o'yindan buyon zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirmoqda. Ularga ham rahmat aytaman.

"Mashal" jamoasiga keyingi o'yinlarda g'alaba tilayman. Muxlislar ham bizdan hafa bo'lishmadi deb o'ylayman. CHunki ularga minnatdorchilik bildirib maydondan chiqib ketdik. "Mashal" juda mehnatkash jamoa, keyingi o'yinlarda omad tilayman.



Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика