Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ga bosh murabbiy bo'lganim rost"
31 jan 2016 16:15
Yangiliklar


Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ga bosh murabbiy bo'lganim rost"
Kecha Baxtiyor Azamovich "Andijon" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar bergandik. Murabbiy bugun ushbu xabarni tasdiqladi:
"Haqiqatdan ham "Andijon" klubida bosh murabbiyi bo'lib ish boshladim. Kecha rahbariyat meni bosh murabbiy etib tayinladi. Biroz muddat o'tgach yordamchilarim kim bo'lishi va keyingi rejalar haqida batafsil malumot beraman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumni "Andijon" Edgar Gess boshchiligida boshladi. Yil so'nggida rahbariyat Gess o'rniga Sergey Kovshovni bosh murabbiy etib tayinlagandi. Kovshov jamoani oliy ligada olib qolishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq yanvar oyida Kovshov o'rniga Nozim Mullaohunov bosh murabbiy bo'lgani haqida xabar chiqqandi. Baxtiyor Ashurmatovning o'zi esa o'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazgandi. Yil so'nggida murabbiy Namangan klubini tark etib Navoiyning "Qizilqum" klubida yordamchi murabbiy bo'lib ish boshlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar