So’nggi yangiliklar

17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  0 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  0 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  0 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  2 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  0 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  6 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  1 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  12 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  1 13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  12 12:03Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди  28 11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  5

Baxtiyor Ashurmatov AGMKdan ketishga yaqin Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov AGMKdan ketishga yaqin

O'zbekiston Kubogi sohibiga aylangan AGMK jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov klubni tark etishga yaqin.

AGMK bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan va Superligada pley-off o'yinlari orqali jon saqlab qolgan jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning klub bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etish arafasida.

Yil oxirigacha tuzilgan bitimni tomonlar uzaytirishmagan. Baxtiyor Ashurmatov saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovga bu malumotni tasdiqladi va jamoadan ketish ehtimolini inkor etmadi.

Demak voqealar rivoji AGMKda yangi murabbiy ish boshlashiga qarab ketmoqda.

O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida kelasi yildan OCHL pley-off o'yinlari orqali qitaning nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan AGMK jamoaga katta tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassisni olib kelish taraddudini ko'rmoqda. Ayni paytda AGMK OCHLda ishtirok etish tajribasiga ega va ushbu musobaqani ob-havosini juda yaxshi biladigan Mirjalol Qosimov bilan ham muzokaralarga kirishgani haqida norasmiy malumotlar bor. Olmaliqliklar rahbariyati jamoani Mirjalol Qosimovga topshirishmoqchi. Biroq muzokaralar qanday yakun topishi hozircha nomalum.

Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "Navbahor"ning sobiq ustozi Ilhom Mo'minjonov o'z xizmatini AGMKga taklif etgan. SHuningdek, yana bir qator mutaxassislar AGMKni boshqarish istagida jamoaga o'zlarini taklif etishgan. Lekin klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi sifatida Mirjalol Qosimov nomzodini ilgari surmoqda va mutaxassisni Olmaliqda ishlashga ko'ndirmoqchi.


Eslatib o'tamiz,  AGMK 12 fevral kuni OCHL doirasida o'z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol"ga qarshi o'ynaydi.


OCHL pley-off bosqichi

12 fevral

AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)

19 fevral
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) to'qnashuvi g'olibi

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика