So’nggi yangiliklar

01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  8 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1 18:33Сеулдаги баҳсда "Бавария" "Тоттенхэм"ни таслим қилди  1 17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  3

"Bavariya"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi Yangiliklar

"Bavariya"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi

Teglar :  Asr jamoasiBavariya
Bugun 2000 yildan so'ng "Bavariya" sharafini himoya qilgan eng kuchli 11 nafar futbolchi haqida eslab o'tamiz.

Manuel Noyer



Noyer bugungi kunda yangi darvozabonlik maktabi tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. O'tgan mavsumda u "quruq o'yin" o'tkazish bo'yicha Oliver Kanni ham ortda qoldirdi. Bundesliga hozircha bunday darvozabon ko'rmagan.


Villi Sanol



Germaniyaning 5 karra chempioni, 4 karra mamlakat kubogi sohibi, ECHL va qitalararo kubok sohibi. Aynan Sanol sababli biz Filipp Lam ismli futbolchini muddatidan 4 yil keyin taniganmiz...


Jerom Boateng

Futbolchi Pep Gvardiola qo'l ostida dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biriga aylanib oldi. 2016 yilda u Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Lusio

Uni ko'pgina murabbiylar o'z tarkibida ko'rishni orzu qilardi. Braziliyalik Lusiosiz "Bavariya" 2003, 2005 va 2008 yillarda "Oltin dubl"ni amalga oshira olmasdi...


David Alaba

Avstriyalik futbolchi bugungi kunda dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. U shuningdek, maydonning istalgan nuqtasida harakat qila oladi.


Filipp Lam

"Agar siz Lamdan yomon o'ynashni iltimos qilsangiz, u buni eplay olmaydi", - deya tarif berishgandi unga.


Bastian SHvaynshtayger

SHvayni bugungi kunda "Bavariya"da emas. Ammo, myunxenliklarning so'nggi 15 yillikdagi asosiy g'alabalarida Bastianning ulkan hissasi bor.


Mixael Ballak

"Bavariya" hech qachon Ballak uchun eng oliy cho'qqi bo'lmagan. Yarim himoyachining hurmati shu darajada bo'lganki, u boshqa klublar bilan muzokara olib borgan vaqtida rahbariyat bunga ko'z yumishga ham rozi bo'lgan.


Aren Robben

Robben kelguniga qadar "Bavariya" Evropaning top-klublaridan hisoblanmagan. Gollandiyalik futbolchi klub safiga borib qo'shilganidan so'ng jamoa uch yil ichida uch marotaba ECHL finalida ishtirok etgan.


Jovanni Elber

Klub tarixidagi eng yaxshi legioner to'purar. U Myunxenda o'tkazgan 8 yil ichida 266 ta o'yinda 140 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.


Robert Levandovski

Levandovski "Bavariya"ning so'nggi 20 yillikdagi va bugungi kunda dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri.


Sizningcha ushbu tarkibdan yana kimlar tushib qolgan bo'lishi mumkin?


"CHelsi"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi


"Real"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi


"Barselona"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика