"Bavariya"ning mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi
09 jan 2021 08:10
Yangiliklar


"Bavariya"ning mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi
Kecha "Bavariya" Germaniya chempionatining 15-turi doirasida "Borussiya M"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (2:3).
Bu "Bavariya" uchun so'nggi uch oydagi ilk mag'lubiyat edi. Jamoa oxirgi marta sentyabr oyi oxirida "Xoffenxaym"ga yutqazgandi (1:4).
O'shandan keyin Xansi Flik jamoasi 20 ta o'yinda mag'lubiyatsiz seriya namoyish etgandi - 16 ta g'alaba va 4 ta durang.
Myunxenliklar ayni paytda 33 ochko to'plagan holda Bundesligada birinchi o'rinni egallab turishibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar