"Bavariya"ning Berlindagi safari va uchrashuv hamda o'yin atrofidagi qiziqarli voqealar tahlili
18 may 2020 05:14
Yangiliklar


"Bavariya"ning Berlindagi safari va uchrashuv hamda o'yin atrofidagi qiziqarli voqealar tahlili
"Maync" "Kyoln" mehmoni bo'lgan bo'lsa, "Bavariya" debyutant "Union" uyiga safar qildi.
FC Koeln Mark Uth - 6', Florian Kainz - 53' |
1. Bundesliga . 26-tur 17/05/2020, 19:30 2
:
2
Tugadi
|
Mainz 05 Taiwo Awoniyi - 61', Pierre Kunde - 72' |
Stadion: RheinEnergieSTADION, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Guido Winkmann
Prevyuda yozilganidek, Kyolnda teng kuchli jamoalar to'qnash kelishdi. Uchrashuv davomida ham bu o'z tasdig'ini topdi. Nisbatan kichik ustunlik va favorit maqomi maydon egalariga berilgandi va bellashuv startida "Kyoln" buni qaysidir manoda tasdiqladi. O'yinda nisbatan ustunlik mezbonlar tarafida bo'ldi. Bahs avvalida Mark Ut penaltidan hisobni ochdi. Birinchi bo'lim "Kyoln" ustunligida yakun topdi. Tanaffusdan keyin ham mezbonlar gol urishni uddalashdi. Florian Kayncning 53-daqiqada urgan golidan so'ng ko'pchilik mazkur o'yinda maydon egalarining g'alabasiga shubha qoldirmagandi. Biroq ikkinchi goldan keyin "uyg'ongan" "Maync" dastlab zaxiradan tushgan Avoniyi, keyinchalik Per Kundening reydi orqali kiritilgan gol tufayli muvozanatni tikladi. Natijada bu gol uchrashuvdagi yakuniy natijani belgilab berdi va jamoalar bir ochkodan qo'lga kiritishdi. Bu jamoalarning turnir jadvalidagi mavqeilariga tasir qilmadi, yani "Maync" bilan "Kyoln" egallab turgan o'rnilarida qolishdi.
Union Berlin |
1. Bundesliga . 26-tur 17/05/2020, 22:00 2
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Robert Lewandowski - 40', Benjamin Pavard - 80' |
Stadion: Alte Foersterei, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Bastian Dankert
Kunning ikkinchi o'yini Berlinda, "Union" va "Bavariya" o'rtasida kechdi. Bosh murabbiy Urs Fisher oilaviy sabablar tufayli mazkur bahsda ishtirok etolmadi va jamoani Markus Xofmann boshqarib tushdi. SHuningdek, Yunus Malli va Marvin Fridrix ham jarohatlari bois "Bavariya"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordamlasha olishmadi.
"Bavariya" esa Niklas Zyule, Korenten Tolisso va Felippe Koutino hamda to'liq tiklanib ulgurmagan Xavi Martines xizmatidan foydalanmadi. Lekin tarkibdagi katta tanlov va futbolchilar darajasi o'rtasidagi farqdan kelib chiqilsa, yo'qotishlar ko'proq maydon egalariga tasir qildi.
Bevosita o'yinga kelsak, startni "Union" ancha yaxshi oldi. Birinchi bo'lib xavfli vaziyat aynan mezbonlar tomonidan sodir etildi. Lekin Manuel Noyerning mahorati uchrashuvda "Union" hisobni ochishiga to'sqinlik qildi. SHundan so'ng "Bavariya" ham qator hujumlarni tashkil etishga urindi. Lekin "Union" himoyasi ancha tartibli ko'rindi. 19-daqiqada "Bavariya" standart vaziyatidan keyin gol urishni uddasidan chiqdi. Gnabrining uzatmasidan keyin darvozani ishg'ol etgan Tomas Myullerning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Sababi, bosh hakam Dankert VAR orqali bu vaziyatda Myuller offsaydda qolganini aniqladi hamda golni bekor qildi.
Birinchi bo'limda o'yin tashkil etish va ayniqsa himoyada raqibga nisbatan to'g'ri va hududlarni yopishda faol o'ynagan "Union"ga 39-daqiqada Nevan Subotichning Goreckaga ehtiyotsizlik natijasida qilgan qo'polligi qimmatga tushdi. Bundesliga "snayperi" Robert Levandovski "nuqta"dan adashmadi va "Bavariya" hisobda oldinga olib chiqdi. Subotichning xatosi esa to'g'ri va munosib o'ynab turgan "Union"ni o'yindan chiqarib qo'ydi.
Ikkinchi taymda esa o'yin tempi o'rtacha kechdi. Asosan tashabbus "Bavariya"da bo'lgani bilan "Union"ning raqib darvozasi oldida tashkil etgan hujumlari ham xavfli tus oldi. Lekin darvoza oldida keskinlikni doim Noyer yumshatib turdi. Goh havodan oshirilgan to'pga birinchi bo'lib harakat qilgan bo'lsa, bazan xavfli zarbalar yo'lini to'sdi. O'yin tugashiga 9 daqiqa qolganida "Bavariya" yana standart vaziyatidan samara chiqara oldi. Kimmixning burchakdan oshirgan to'pini Pavar boshi bilan darvozaga yo'llab, uchrashuvda "Bavariya" g'alabasini rasmiylashtiruvchi golni kiritdi.
SHuni alohida takidlash kerakki, "Union" himoyalanayotgan pozicion tartibli joylashuv natijasida "Bavariya"ga nisbatan bo'sh hududlar taqdim etmasdan, barcha joyni yopib qo'yishni uddasidan chiqdi. Nevan Subotichning ehtiyotkorsizligi va yana bir standart vaziyatidagi etiborsizlik "Union"ga qimmatga tushdi. "Bavariya" esa o'yinda raqib himoyasini yorib o'tish choralarini topolmagach, standartdan oqilona foydalana oldi. Uchrashuvdan kiritilgan bitta bekor qilingan va hisobga olingan 2 gol, jami uchala golni standart orqali urishga muvaffaq bo'lgani ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.
SHu tariqa chempionat peshqadami Berlindagi safarda oson bo'lmagan 3 ochkoni qo'lga kiritib, "Borussiya" Dortmund bilan oradagi farqni yana to'rttaga oshirib qo'ydi. "Union" Berlin esa kecha jadvalda ilgarilab ketgan "Gerta"dan keyingi 12-pog'onani band etib turibdi.
"Bavariya" bosh murabbiyi Xansi Flik: "G'alaba yaxshigina mehnatni talab qildi. O'ylashimcha, haqli g'alaba. Jamoa g'alabaga loyiq harakat qildi. O'yin tashkil etishda bazi muammolarga duch keldik, ha. Ammo men haqli ravishda futbolchilarga ular 90 daqiqa davomida qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'yin davomida yigitlarga biz o'yinni darvozadan gol o'tkazib yubormagan holda "quruq" tugatishimiz kerakligini aytganimizni barcha eshitgan bo'lishi kerak. Jamoa buni uddaladi va yakuniy natijadan qoniqdim".
Manuel Noyer: "Berlindan haqli ravishda Myunxenga 3 ochkoni olib ketyapmiz. Uchrashuv davomida o'yin tizgini qo'limizda bo'ldi. O'yin jihatdan va tashkiliy masalalar bo'yicha yanada ijodkorroq va kuchliroq o'ynashimiz mumkin edi. SHunga qaramasdan, bugungi holatda ham g'alabaga haqli o'yin namoyish eta oldik. Stadionda odatiy muhit bo'lmaganini barcha tushunib va his qilib turibdi. Lekin bu bizning qo'limizda bo'lmagan holat. Motivaciya, o'yinga yondoshuv va o'z kuchiga bo'lgan ishonchni yanada kuchaytirishi mumkin bo'lgan muhit va qo'llab-quvvatlov etishmadi. Baribir biz maydonda eng yaxshi sifatlarimizni namoyish etishga urinamiz. Lekin atrofdagi muhit hozir buni chiroyli ko'rsatib bera olmasligi aniq. Hozir boshqa davr va noodatiy sharoitdamiz. Bundan birgalikda oqilona yo'l tutgan holda chiqish lozim. Restartdagi 9 turdan biri tugadi. Hali hech kimni hisobdan chiqarib bo'lmaydi va xulosaga juda erta. "Bavariya" esa ishlashda va muxlislarini xursand etishda davom etmoqchi".
Tomas Myuller: "Berlindagi safarda ko'zlagan maqsadimiz - g'alabaga eriishdik. Dastlabki 25 daqiqalikdagi o'yin biz hali nimalar ustida ko'proq ishlashimiz kerakligini ko'rsatdi. Juda ko'p bor uzun paslar orqali qulay vaziyatni qidirganimiz pand berdi. Keyinchalik esa vaziyatni iziga tushira oldik. Yomon o'ynamadik. Lekin bu bizning maksimum emas va aniqki bundanda kuchli o'ynay olamiz. To'g'risini aytsam, bugungi o'yinda xuddiki yangi mavsumda, avgust oyida ilk turni o'ynayotgandek his qildim. "Union" va bizning jamoa futbolchilari o'ylashimcha barchasini to'g'ri qilishdi. Maydonda xushtakdan keyin barcha etibor kurashga qaratilgan bo'lsa, undan tashqari holatda qoidalarni rioya etdik. O'yinda asosiy etishmagan jihat bu muxlislar. Aynan ular bizga qo'shimcha kuch va energiya bag'ishlashadi. Lekin hozir biz aynan shu hayoldan chiqib ketishimiz kerak. Bugungi g'alaba asosiy maqsadimiz chempionlik sari tashlangan yana bir katta qadamlardan biriga aylandi".
Berlin ko'chalari, o'yin atrofi, uchrashuvni tomosha qilayotgan muxlislar, ko'chada yurgan ishqiboz va boshqalar galereyasi
"Union" — "Bavariya" uchrashuvini poytaxtlik bir janob baribir jonli ko'rishning uddasidan chiqdi. Muxlis daraxtga chiqib, o'yinni stadion atrofidan tomosha qilgan. Biroq ushbu janobning zavqi uzoqqa cho'zilmadi. Gap shundaki, mahalliy policiya xodimlari ishqibozni payqab qolgan va darhol daraxtdan tushirishga muvaffaq bo'lgan.
Fakt: "Bavariya" mazkur o'yinda Germaniya chempionatlari tarixidagi o'zining 1112-g'alabasini nishonladi va o'tkazilgan o'yin soni (1866) bo'yicha "Gamburg"ga etib oldi. Faqatgina "Verder" (1890) o'yinlar soni bo'yicha "Bavariya"dan yuqorida turibdi.
Bundesliga turnir jadvali (26-tur, 2-kungi o'yinlardan keyingi holat)
Levandovski to'purarlar poygasida raqobatchilaridan yanada uzoqlashdi...
Bugun Bundesliganing 26-turi doirasidagi oxirgi bahs "Verder" hamda "Bayer" o'rtasida kechadi.
Werder Bremen Theodor Gebre Selassie - 30' |
1. Bundesliga . 26-tur 19/05/2020, 00:30 4
:
1
Tugadi
|
Bayer Leverkusen Kai Havertz - 28', Kai Havertz - 33', Mitchell Weiser - 61', Kerem Demirbay - 78' |
Stadion: Wohninvest-Weser-Stadion, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Tobias Stieler
O’xshash yangiliklar

Fikrlar