So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

"Bavariya"ni to'xtatish imkonsizmi?! Yangiliklar

"Bavariya"ni to'xtatish imkonsizmi?!

"Bavariya" o'zining eng ashaddiy raqibi "Borussiya" Dortmundga qarshi kechgan uchrashuvda Germaniya bundesligasidagi haqiqiy gegemon aslida kim ekanini yana bir bor ko'rsatib qo'ygandek…
Ha, myunxenlik futbolchilar  bundesliganing boshqa  klublari bilan kechadigan o'yinlarda o'zlari istaganlaridek harakat qiladilar va uchrashuvlarda o'zlari istagan hisobda g'alaba qozonadilar. SHu boisdan ham Myunxen super-klubi deyarli har turda yangi-yangi rekord natijalarni qayd etayotir.

SHanba kungi g'alabadan so'ng turnir jadvali karvonboshiligini to'laligicha qo'lga olgan qizillar ketma-ket 38 o'yindirki mag'lubiyatga uchrayotganlari yo'q. Bunday natijani haligacha biror nemis klubi qayd etgan emas edi. Pep Gvardiola shogirdlari esa yangidan-yangi cho'qqilarni zabt etishni to'xtatmoqchi emaslar. "Borussiya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Bavariya" o'z hisobidagi ochkolar sonini 35 taga etkazib oldi va bu ham yana bir yangi rekorddir. SHu paytgacha hech bir bundesliga klubi 13 turda 35 ochko yig'ishning uddasidan chiqmagan edi. Demak, qizillar bu borada ham etakchi ekanliklarini isbotlagandek…

Ko'rinib turibdi-ki, "Bavariya"ni to'xtatish oson ish emas. Ammo Germaniya bundesligasi kutilmagan sovg'alarga boy ekani bilan ajralib turadi. SHu sababdan uni kuzatishda davom etamiz. Balki keyingi turda "Bavariya"ning quruq seriyasi o'z intixosini topar…

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика