"Bavariya"ga qarshi o'yin uchun Messi va Neymarga 3 "baho"
15 fev 2023 13:41
Yangiliklar


"Bavariya"ga qarshi o'yin uchun Messi va Neymarga 3 "baho"
PSJ futbolchilari Lionel Messi va Neymar "Bavariya"ga qarshi o'yin uchun eng past baho olishdi.
Parijliklar hujumchilari o'yinini Goal.com nashri 10 ballik tizimda 4ga baholadi – jamoaning hech bir futbolchisi bundan past ball olmagan. "O'yinga butkul tasir qilmagan duet", – saytda juftlikning o'yiniga shunday tarif berildi.
SHuningdek, Ashraf Xakimi, Nunu Mendesh, Uorren Zair-Emeri va Marko Verratti ham 4 ballga loyiq ko'rilgan.
Karlos Soler, Markinos va darvozabon Janluidji Donnarummaga 5, Danilu Pereyraga esa 6 ball qo'yilgan. Bu borada PSJda eng yuqori ko'rsatkich himoyachi Serxio Ramosda – 10/7.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar