"Bavariya" jahon chempioni!
22 dek 2013 02:27
Yangiliklar


"Bavariya" jahon chempioni!
Garchand uchrashuv so'nggida "Raja Kasblanka"da ikkita qulay imkoniyat yuzaga kelgan bo'lsada, Noyerning mahorati "Bavariya"ni gollardan saqlab qoldi.
Marokashda bo'lib o'tgan jahon chempionatining final yo'llanmasini qo'lga kiritgan maydon egalariga ochiqchasiga tajriba etishmadi. "Bavariya" esa birinchi bo'limda kiritgan ikkita goli evaziga mavsumni navbatdagi sovrin bilan yakuniga etkazdi.
SHu tariqa germaniyaliklar o'z tarixlaridagi birinchi JCH g'olibligini qo'lga kiritdilar.
Klublar o'rtasidagi JCH-2014. FINAL
21 dekabr. Marokash.
Bosh hakam - Sandro Rikki (Braziliya).
BAVARIYA (Germaniya) - RAJA KASABLANKA (Marokash) 2:0
Gollar: Dante, 8 (1:0), Tyago, 22 (2:0)
BAVARIYA: Manuel Noyer, Bonfim Dante, Marsio Rafinya, Djerom Boateng, Filipp Lam, David Alaba, Tyago Alkantara, Jerdan SHakiri (Mario Gyotce 78), Toni Kroos (Xavi Martines 60), Frank Riberi, Tomas Myuller (Mario Mandjukich 74)
RAJA KASABLANKA: Xalid Askri, Zakariya Al-Xoshimi, Muhammad Ulxoj, Odil Karuchi, Ismoil Benlamalem, Muxsin Mutauali, SHam-Eddin CHtibi (Vian Mabide 49), Abdulilox Hafidi (Badr Kashani 86), Iler Kuko Gei, Issam Erraki, Muxssin Yojur (Rashid Sulaymani 76).
Ogohlantirishlar: Muhammad Ulxoj (55), Rashid Sulaymani (77)

Fikrlar