"Bavariya" yarim himoyachisini sotishga qaror qildi
12 fev 2020 14:00
Yangiliklar


"Bavariya" yarim himoyachisini sotishga qaror qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Korentin Tolisso joriy mavsum so'nggida klubini o'zgartirishi mumkin.
Nemis klubi rahbariyati 25 yoshli franciyalik futbolchini sotish imkoniyatlarini o'rganmoqda, uning transferidan tushgan pul esa yangi o'yinchilarni jalb qilishga yo'naltiriladi.
Eslatib o'tamiz, Tolissoning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Myunxen klubi Korentinni 2017 yilda "Lion"dan 41,5 million evroga xarid qilgan edi.
Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar