“Bavariya” yangi rekord sohibiga aylanishi mumkin
09 noy 2013 19:07
Yangiliklar

“Bavariya” yangi rekord sohibiga aylanishi mumkin
Bugun “Bavariya” "Allianc Arena"da “Augsburg” ni qabul qiladi.
Bavariya federal okrugi sharafini himoya qiluvchi ikki jamoa baxsi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. So'nggi etti yil davomida “Bavariya” futbolchilari birorta ham derbida imkoniyatni boy berganlari yo'q.
“Augsburg” ham “Nyurnberg” ham, “Fyurt”, “Regensburg”, “Ingolshtadt”, “Burgxauzen”, “Myunxen 1860” ham okrug bosh jamoasi oldida ojiz qolib kelmoqdalar. Umumiy hisobda so'nggi 24 derbi Pep Gvardiola shogirdlari g'alabasi bilan yakunlangan. Bundan tashqari bugun agar "Bavariya" muvaffaqiyatga erishsa, bundesliga doirasida qatorasiga 37 g'alabani qo'lga kiritib, yangi rekord soxibiga aylanadi.

Myunxenliklar yangi rekord o'rnatishni uddalay olarmikanlar?! Buni bir necha soatdan so'ng bilib olamiz…
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi

Fikrlar