“Bavariya” yangi mavsum uchun barcha chiptalarni sotib bo'ldi
22 iyu 2017 01:50
Yangiliklar
“Bavariya” yangi mavsum uchun barcha chiptalarni sotib bo'ldi
“Bavariya” klubi 2017/18 yilgi mavsum uchun jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarning barcha chiptalarini sotib bo'ldi.
Yangi mavsum boshlanishiga to'rt hafta qolganida Bundesliga jamoasining uy va safar uchrashuvlari uchun belgilangan barcha chiptalari muxlislar tomonidan xarid qilib bo'lindi.
Qolaversa, Germaniya superkubogi uchun “Bavariya” va “Borussiya” D klublari ishtirokida uchrashuvi chiptalari uchun klubga 210 mingta murojaat kelib tushgan. Superkubok bellashuvi o'tkaziladigan “Signal Iduna Park” esa o'z bag'riga 75 ming muxlisni sig'dira oladi.
Fikrlar