"Bavariya" xavbekiga rekord darajadagi shartnomani taklif qilishga tayyor
04 dek 18:28
Yangiliklar
"Bavariya" xavbekiga rekord darajadagi shartnomani taklif qilishga tayyor
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Bu kelishuv myunxenliklar uchun rekordga aylanishi mumkin, deb xabar berdi "Bild".
Agar yangi shartnoma imzolansa, futbolchi yiliga 20 mln evrodan ko'proq maosh oladi. Bu holatda u Harri Keyn bilan birga "Bavariya"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
Umuman olganda, Musiala "Bavariya"da keyingi 5 yil davomida 100 mln evrodan ko'proq maosh olishi mumkin. Ushbu shartnomaga imzo chekilsa, bu Myunxen klubi uchun rekord bo'ladi.
Jamol 2020 yildan beri "Bavariya"ning asosiy jamoasida o'ynamoqda. 21 yoshli xavbek ushbu mavsum barcha turnirlarda 18 o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "rekordmaystr" bilan bitimi 2026 yilning iyuniga qadar tuzilgan.
Fikrlar