“Bavariya” Xames bo'yicha bir qarorga keldi

14 fev 2018, 22:10
Nemis jamoasi kolumbiyalik yarim himoyachini sotib oladi.

Ma'lumki, Xames huquqiy jihatdan “Real Madrid” jamoasiga tegishli. “Bavariya” uni 2019 yilgacha ijaraga olgan edi. A Bola nashriga ko'ra, nemis jamoasi Xamesni sotib olish huquqidan foydalanadi.

Shunda “Bavariya” Xames uchun 70 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi.

Ushbu mavsum Xames nemis bundesligasida 4 ta gol urdi va 6 ta golga uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola