"Bavariya" "Tottenxem" futbolchisini sotib olmoqchi
29 avg 2023 23:52
Yangiliklar
"Bavariya" "Tottenxem" futbolchisini sotib olmoqchi
"Bavariya" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar "Tottenxem"ning yana bir futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, so'nggi kunlar davomida Benjeman Pavar ketayotgani sababli myunxenliklar "Tottenxem" himoyachisi Erik Dayerga qiziqish bildirmoqda. 29 yoshli futbolchi nafaqat markaziy himoyada, balki, tayanch himoyasi hamda o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladi.
Dayerning "shporlar" bilan shartnomasi yakunlanishiga bir mavsum qolgani sababli transfer ishlari osonlashishi mumkin. "Bavariya" himoyachi uchun 15-20 mln evro atrofida mablag' to'laydi.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Bavariya" Xarri Keynni "Tottenxem"dan tarkibiga qo'shib oldi.
Fikrlar