“Bavariya” tarkibiga ikki yosh istedodni qo'shib oldi
09 noy 2013 18:45
Yangiliklar


“Bavariya” tarkibiga ikki yosh istedodni qo'shib oldi
Myunxenning “Bavariya” jamoasi tarkibga ikki yosh istedod soxiblarini qo'shib oldi. Avstriya yoshlar terma jamoasi o'yinchisi - Alessandro SHo'pf va va Germaniya U19 terma jamoasi xujumchisi - Yulian Grin Myunxen super-klubi bilan professional shartnoma imzoladilar.
- Alessandro va Yulian o'z faoliyatini professional tarzda davom ettirishga loyiq futbolchilar. Biz bu ikki yosh istedodni “Bavariya” tarkibiga qo'shilganliklaridan juda ham xursandmiz. Ularning asosiy jamoa tarkibiga o'tishlari – yoshlar jamoamizda ko'rsatgan ajoib o'yinlari samarasidir.”, - deya quvonchini yashirmadi jamoa sport direktori Mattias Zammer.
“Bavariya” Alessandro SHo'pf bilan 2016 yilning 30 iyunigacha, Yulian Grin bilan esa 2017 yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
“Bavariya” Alessandro SHo'pf bilan 2016 yilning 30 iyunigacha, Yulian Grin bilan esa 2017 yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Fikrlar