"Bavariya" "Siti" futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor
19 mar 2020 15:04
Yangiliklar


"Bavariya" "Siti" futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor
"Bavariya" mavsum yakunlangandan so'ng "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Saneni xarid qilmoqchi.
O'tgan hafta nemis klubi sport direktori Xasan Salixamijich Myunxenda 24 yoshli xavbekning vakillari, yani LIAN Sports agentligi bilan uchrashdi.
Ammo, Sanening yangi agentlari 1 apreldan boshlab rasmiy muzokaralarga kirishishlari mumkin.
"Bavariya" Sane bilan 5 yillik shartnoma imzolamoqchi, o'yinchining o'zi ham "Alyanc-Arena"ga yo'l olishga qarshi emas.
Sanega bundan tashqari yana ikki top-klublardan takliflar bor. Leroyning "Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar