“Bavariya” safiga yana bir jahon chempioni qo'shiladi
27 mar 2019 21:54
Yangiliklar


“Bavariya” safiga yana bir jahon chempioni qo'shiladi
“Bavariya” franciyalik himoyachi Lukas Ernandesning transferini elon qildi.
Ayni paytda “Atletiko” (Madrid) klubida to'p tepayotgan futbolchi myunxenliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi. Futbolchi uchun germaniyaliklar 80 million evroning bahridan o'tishlariga to'g'ri keladi.
2018 yilda Franciya termasi safida jahon chempionligiga erishgan futbolchi 1 iyundan “Bavariya” azosiga aylanadi va yangi jamoasida yiliga 13 million evro ishlab topadi.
SHuningdek, Ernandes Bundesliganing eng qimmat futbolchisi ham hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord ham “Bavariya” futbolchilari – Martines (40 million) va Tolisso (42 million)ga tegishli edi.
Eslatib o'tamiz, bungacha “Bavariya” boshqa bir francuz himoyachisi, jahon chempioni Benjamin Pavar bilan ham kelishuvga erishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar