So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

"Bavariya" - "Radja Kasablanka". Prevyu Yangiliklar

"Bavariya" - "Radja Kasablanka". Prevyu

Bugun tunda klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati o'z g'olibini aniqlaydi va biz bugungi kundagi dunyoning etakchi jamoasi nomini bilib olish imkoniga ega bo'lamiz.
Tungi soat 00:30 da start oladigan uchrashuvda Evropa CHempionlar Ligasi g'olibi "Bavariya" Janubiy Amerika vakili "Atletiko Mineyro" ni mag'lub etib sensatcion tarzda finalga yo'l olgan  "Radja Kasablanka" jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Ushbu match butun dunyo futbol ixlosmandlari diqqat markazida turibdi, desak aslo yanglishmaymiz. Zero, JCH finaliga hech bir jamoa omad tufayli chiqib qolmadi.

"Bavariya" ning favorit sifatida etirof etilayotgani, tabiiy. Lekin Marokash sharafini himoya qilayotgan "Radja" ham finalda shunchaki to'p surish niyatida emas. Qolaversa ushbu jamoa o'z muxlislari ko'z oldida to'p tepadi. Marokash Qirolining o'yinni bevostida stadiondan turib kuzatishi ham marokashlik futbolchilarni yanada ruxlantirsa –neajab…

Ko'rib turganingizdek, mavsumdagi beshinchi trofeyani yutish uchun "Gollivud FK" biroz ter to'kishiga to'g'ri keladi. Ammo "Bavariya" futbolchilarining yuqori kayfiyatda ekanliklari va jamoa o'yining borgan sari takomillashib borayotgani hisobga olinsa, Myunxen super-klubining yilni yana bir sovrin bilan tugatishi haqiqatga yaqindek…

Uchrashuvga oid bazi bir qiziqarli faktlar:
• "Bavariya" ushbu uchrashuvda g'olib chiqish orqali mavsumdagi beshinchi sovrinni qo'lga kiritish imkoniga ega. Myunxenliklar muzeyidan 2013-yilda Germaniya chempionati oltin medallari, Germaniya Kubogi, CHempionlar Ligasi hamda Evropa super-kubogi kabi sovrinlar joy olib ulgurdi. 

• "Gollivud FK" ustozi Pep Gvardiola yangi rekord soxibiga aylanishi mumkin. Agar uning shogirdlari finalda g'olib chiqishadigan bo'lsa, Pep klublar o'rtasidagi JCH ni uch marta yutgan ilk murabbiyga aylanadi. Gvardiola 2009, 2011 yillarda "Barselona" bilan jahon futboli taxtiga ega chiqqan edi.

• "Radja Kasablanka" jamoasining barcha 29 futbolchisi narxi umumiy hisoblanganda ham "Bavariya" safida jarohati bois anchadan buyon maydonga tusha olmayotgan Xolger Badshtuber transfer narxidan kam summani tashkil qiladi. "Kasablanka" futbolchilari umumiy hisobda 9,5 mln Evro ga baholangan bo'lsa, Badshtuberning narxi 10 mln Evroni tashkil etmoqda.

• Final uchrashuvini tomosha qilish va "Radja" ni qo'llab quvvatlash uchun stadionga shaxsan Marokash Qirolining tashrif buyurishi kutilmoqda.

• Ikki finalchi ham yarim final bahsida raqiblari darvozasiga 3 tadan to'p kiritishgan. "Bavariya" OCHL g'olibi "Guanchjou Evergrand" darvozasini uch bor ishg'ol qilgan bo'lsa, "Radja" futbolchislari ham "Atletiko Mineyro" darvozabonini uch bor xafa qilishdi.

• Marokash jamoasi hisobida klublar o'rtasidagi JCH da shu paytga qadar kiritilgan 12 gol mavjud. Bu borada "Radja Kasablanka" Barselona (17 ta) va "Monterrey" (16 ta) jamoalaridan so'ng uchinchi bo'lib turibdi.

"Championat.asia" taxmini bo'yicha jamoalar quyidagi tarkibda maydonga chiqishadi:
"Bavariya": Noyer – Rafinya, Boateng, Dante, Alaba – Lam – Riberi , Kroos, Tiago, Gyotce – Myuller
"Radja Kasablanka": Askri – Al-Xashemi, Metouali, Karrouchi , Oulxaj – Guehi , CHtibi, Yajour, Xafidi – Erraki, Benlamaalem

Aziz muxlislar, ajoib futbol havosidan baxra olish imkoniga ega ekanmiz, keling uni qo'ldan boy bermaylik. Uchrashuvni tomosha qiling va yana bir bor chiroyli futboldan baxra oling.

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика