"Bavariya" o'yinchisi Renatu Sanshesh Franciya klubiga o'tishi mumkin
22 avg 2019 10:53
Yangiliklar
"Bavariya" o'yinchisi Renatu Sanshesh Franciya klubiga o'tishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Franciyaning "Lill" klubi o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, Sansheshning o'zi ham o'yin amaliyotining kamligi bois nemis klubidan ketmoqchi.
Sanshesh "Bavariya"ga "Benfika"dan Evro-2016dagi g'alabadan so'ng o'tgan edi.
Futbolchi o'sha yili yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan "Golden Boy" sovrinini ham qo'lga kiritgan.
Sanshesh o'tgan mavsum barcha turnirlarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Fikrlar