"Bavariya" Musialaning koronavirusdan tuzalganini xabar qildi
19 fev 2022 16:40
Yangiliklar
"Bavariya" Musialaning koronavirusdan tuzalganini xabar qildi
"Bavariya" forvardi Jamal Musiala Myunxen klubi lazaretini tark etdi.
Futbolchi koronavirus sabab bir qancha vaqtni karantinda o'tkazdi. Nemis klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 18 yoshli hujumchi mashg'ulot jarayoniga qaytgan.
Musiala joriy mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Forvard "Bavariya" bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Fikrlar