"Bavariya" mashg'uloti paytida Tolissoning ahvoli yomonlashdi
20 okt 2019 20:40
Yangiliklar


"Bavariya" mashg'uloti paytida Tolissoning ahvoli yomonlashdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso myunxenliklarning mashg'uloti chog'ida o'zini yomon his qildi.
O'yinchi chimga o'tirib oldi va yuragini ushlab qoldi. Klub shifokorlari dastlab buni yurak xuruji deb taxmin qilishdi. Ammo, keyinroq tekshiruv shuni ko'rsatdiki, futbolchining hayoti xavf ostida emas. Korentin sog'ligining yomonlashishi, og'ir bosh aylanishi tufayli yuzaga kelgani malum bo'ldi.
Joriy mavsum 25 yoshli franciyalik barcha musobaqalarda 13 ta o'yin o'tkazdi.
Foto: Bild
O’xshash yangiliklar

Fikrlar