"Bavariya" Koutinoni xarid qiladimi?
03 okt 2019 14:04
Yangiliklar
"Bavariya" Koutinoni xarid qiladimi?
Myunxenning "Bavariya" klubi xo'jayinlari braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoni sotib olishga qiziqishmoqda.
Nemis klubi 27 yoshli futbolchining mavsum startidagi harakatlaridan mamnun bo'lishgan.
"Ko'k-anorranglilar" bilan tuzilgan ijara bitimiga ko'ra amaldagi Germaniya chempioni uni 120 million evroga xarid qilishi mumkin.
Koutino "Bavariya"ga yozgi transferlar oynasida "Barselona"dan o'tgan edi. Yarim himoyachining nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi "Bavariya" safida barcha turnirlarda 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar