"Bavariya" Keynning sobiq jamoadoshini jamoaga olib kelmoqda
05 jan 23:29
Yangiliklar
"Bavariya" Keynning sobiq jamoadoshini jamoaga olib kelmoqda
"Tottenxem" futbolchisi Erik Dayer "Bavariya"ga o'tishga yaqin turibdi.
Myunxen klubi Dayer bilan kelishuvga erishdi, u yaqin vaqtlar ichida Myunxenga ko'chib o'tadi. "Sky Sport Deutschland" nashri jurnalisti malumotiga ko'ra, "Tottenxem" ham transferga rozilik bildirgan.
Transfer amalga oshgan taqdirda Erik "Bavariya" bilan 2025 yil yozigacha bo'lgan shartnoma imzolaydi. "Bavariya" uning uchun 5 mln evro transfer puli to'laydi.
Tomas Tuxel Dayer bilan gaplashgan va uni markaziy himoyachi hamda tayanch himoyachisi poziciyasida ishlatishini aytgan.
Ushbu mavsumda 29 yoshli futbolchi "Tottenxem" tarkibida 4 o'yinda 198 daqiqa harakat qildi holos.
Fikrlar