So’nggi yangiliklar

10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  0 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  7 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5

"Bavariya" - "kambek"lar qiroli! Yangiliklar

"Bavariya" - "kambek"lar qiroli!

Germaniya gegemoni "Bavariya" 27 may kuni "Kayzerslautern" bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirmoqda.

Myunxenliklar shu yo'l bilan "Kayzerslautern" jamoasiga moliyaviy yordam berishadi. Yani, mazkur o'rtoqlik uchrashuvidan tushgan mablag'ning barchasi "Kayzerslautern" klubi hisob-raqamiga o'tkazib beriladi.

Ayni paytda klub moliyaviy inqirozda. "Bavariya" tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur o'rtoqlik o'yinidan tushgan pullar jamoaga kelasi mavsum Germaniya uchinchi ligasida o'ynash uchun qo'lga kiritilishi lozim bo'lgan licenziyani olishda yordam berishi ko'zda tutilgan.

"Bavariya" katta o'yinlarda doim ham "kambek" amalga oshirmagan bo'lishi mumkin. Lekin inqirozga ko'chasiga kirib qolgan va yo'qolib ketishi xavfi bo'lgan jamoalarga katta futbolda "kambek"ni amalga oshirishi uchun bevosita yordam qo'lini cho'zib keladi. "Kayzerslautern" bu borada 11-jamoaga aylanadi.


"Bavariya" inqirozdan qutqargan klublar ro'yxati:

▪️«Gerta» (1995)

▪️«Kemnicer» (2003)

▪️«Sankt Pauli» (2003)

▪️«Borussiya» D (2005)

▪️«1860 Myunxen» (2006)

▪️«Darmshtadt» (2008)

▪️«Alemaniya Axen» (2013)

▪️«Ganza» (2013)

▪️«Dinamo» Drezden (2015)

▪️«Offenbax» (2017)

▪️«Kayzerslautern» (2019)

Malumot o'rnida: "Kayzerslautern" 4 karra Germaniya chempioni hisoblanadi. SHuningdek, jamoa ikki marotaba Germaniya kubogini qo'lga kiritgan va Germaniya Superkubogida g'alaba qozongan. Ayni paytda inqirozga yo'l tutayotgan mazkur jamoa 1999 yili Evropa CHempionlar ligasida ishtirok etib, chorak final bosqichiga qadar borishni uddalagan. Qo'shimchasiga, jamoa ikki marotaba UEFA Kubogi yarim finaliga chiqqan.

Ayni paytda inqirozga yo'l tutayotgan jamoa Germaniya uchinchi ligasida ishtirok etib, turnir jadvalining 9-o'rnida bormoqda. Kelasi mavsum ham mazkur ligada qatnashish uchun ruxsat beruvchi licenziyani olish uchun esa mablag' zarur.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика