"Bavariya" "Inter" bilan Ivan Perishichning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda
09 avg 2019 11:47
Yangiliklar


"Bavariya" "Inter" bilan Ivan Perishichning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Bavariya"ga o'tishga yaqin.
Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio malum qildi. U bitim borasidagi muzokaralar ko'tarinki ruhda davom etayotganini aytib o'tdi.
Myunxenliklar futbolchini bir yilga ijaraga olishmoqchi.
O'tgan mavsumda Ivan jamoasi tarkibida 45 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi. Xorvatiyalik o'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi.
Oldinroq, futbolchiga "Monako" klubidan jiddiy qiziqish bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar