"Bavariya" himoyachisi yozda jamoani tark etishni istamayapti
19 apr 13:51
Yangiliklar
"Bavariya" himoyachisi yozda jamoani tark etishni istamayapti
Biroq Kim Min Je jamoadagi o'rnidan mamnun emas.
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Kim Min Je yozda jamoani tark etish niyatida emas, deb xabar berdi "Sky Sport" muxbiri Florian Plettenberg.
Xabarlarga qaraganda, 27 yoshli Kim markaziy himoyada uchinchi tanlov bo'lgan jamoadagi o'z poziciyasidan norozi va keyingi mavsumda o'zining munosibligini isbotlamoqchi.
Kim Min Je joriy mavsum "Bavariya" safida 29 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.
Fikrlar