"Bavariya" ECHLdagi rekordni yangilashda davom etmoqda
27 okt 2022 09:12
Yangiliklar


"Bavariya" ECHLdagi rekordni yangilashda davom etmoqda
"Bavariya" CHempionlar ligasining guruh bosqichida g'alaba qozonish bo'yicha rekordli seriyani davom ettirmoqda.
Myunxenliklar guruh bosqichining 5-turida safarda "Barselona"ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi.
Bu "Bavariya" uchun guruh bosqichidagi ketma-ket 12-g'alaba bo'ldi. Jamoa 2020 yilning 1 dekabrida "Atletiko" bilan durang o'ynaganidan buyon (1:1) hali guruh bosqichida ochko yo'qotmayapti.
Endi "Bavariya" navbatdagi o'yinini 1 noyabr kuni o'z maydonida "Inter"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar