

25 yoshli hujumchining yangi ish joyi Myunxenning "Bavariya" klubi bo'lishi mumkin. Germaniya chempionlari rahbariyati Vernerning nomzodini ko'rib chiqishmoqda.
Timoning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 65 million evroga baholanmoqda.
Hujumchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 8ta assist qayd etdi.



