"Bavariya" "Borussiya" yulduzini sotib olmoqchi
21 noy 2018 23:57
Yangiliklar
"Bavariya" "Borussiya" yulduzini sotib olmoqchi
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Kristian Pulishichning xizmatlariga yana bir davogar paydo bo'ldi.
"Sports Illustrated" xabariga ko'ra, "Bavariya" 20 yoshli amerikalikni sotib olishga tayyor turibdi. Agarda Dortmund klubi bunga rozi bo'lsa, transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin.
Pulishichga ayni damda "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Aytilishicha, amerikalik "Bavariya"ga o'tishni istamoqda.
Fikrlar