So’nggi yangiliklar

15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  2 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  17 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  35

"Borussiya" aniq zarba bermagan o'yinda "Bavariya" raqibini yirik hisobda tor-mor etdi Yangiliklar

"Borussiya" aniq zarba bermagan o'yinda "Bavariya" raqibini yirik hisobda tor-mor etdi

Bundesliganing 11-turi doirasidagi "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Bavariya" - "Borussiya D" 4:0

Gollar: Robert Levandovski (17, 76), Serj Gnabri (47), Mats Xummels (80, avtogol).

"Alyanc-Arena"

"Bavariya ": Noyer, Kimmix, Alaba, Pavar, Goretcka (Alkantara), Martines, Gnabri (Koutino), Devis, Koman (Perishich), Levandovski, Myuller.

"Borussiya D": Byurki, Xakimi, Akanji, Xummels, SHulc, Getce (Roys), Vaygl (Alkaser), Brandt, Vitcel, Azar, Sancho (Gerreyru).


Bayern Munich

Robert Lewandowski - 17', Serge Gnabry - 47', Robert Lewandowski - 76', Mats Hummels - 80'

1. Bundesliga . 11-tur

09/11/2019, 22:30

0
:
4
Tugadi

Borussia Dortmund

Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
17'  Robert Lewandowski
17'  Benjamin Pavard
47'  Serge Gnabry
47'  Thomas Mueller
67'  Kingsley Coman
70'  Serge Gnabry (Philippe Coutinho)
72'  Leon Goretzka (Thiago Alcantara)
75'  Kingsley Coman (Ivan Perisic)
76'  Robert Lewandowski
76'  Thomas Mueller
80'  Mats Hummels
90'  Joshua Kimmich
36'  Jadon Sancho (Raphael Guerreiro)
61'  Julian Weigl (Paco Alcacer)
61'  Mario Goetze (Marco Reus)
63'  Marco Reus


O'YIN YAKUNLANDI.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasiga yaqin tashlab berilgan to'pga Ivan Perishich to'xtatmasdan zarba berdi, biroz noaniq.

84. Ha, "Bavariya" 4-goldan so'ng ham hujumlar qilishni to'xtatmayapti. "Borussiya" esa bugungi o'yinda shunchaki "dahshatli" o'yin namoyish qilmoqda.

80. GOOOOOOOOOL!! Perishichning darvoza yaqiniga uzatgan to'pini Xummels o'z darvozasiga burib yubordi.

76. GOOOOOOOOLLLL! Robert Levandovski jarima maydonchasi ichida Byurki ojiz qoldirdi. Myullerda assist.

76. "Bavariya" 5 daqiqa ichida 3-o'zgarishni ham amalga oshirildi. Perishich Kumanni almashtirdi.

72. "Bavariya"da yana bir o'zgarish. Maydonga Tiago Alkantara tushirildi, u Leon Goreckani almashtirdi.

70. "Bavariya" tarkibida o'zgarish. Filippe Koutino o'yinda faol harakat qilgan Serj Gnabrini almashtirdi.

69. Dortmundliklar ham hujum uyushtirishdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga Alkaser birozgina ulgurmadi.

67. Yana bir sariq kartochka. Hakamga etirozi sabab Kuman hakam tomonidan "siylandi".

63. O'yindagi ilk sariq kartochka hozirgina maydonga tushgan Marko Roysga qo'pol harakati uchun ko'rsatildi.

61. Dortmundliklar tarkibida ikki o'zgarish: Gyotce - Roys, Vaygl - Alkaser.

59. Uxx! Levandovski hisobni yirik ko'rinishga olib kelishi mumkin edi, ammo uning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

58. Deyarli bir soat ortda qoldi. Mehmonlar zarba berish tugul hujum ham uyushtira olishmayapti. To'laqonli ustunlik "Bavariya"da.

- Gnabri ham bu mavsumni yuqori saviyada o'tkazmoqda.

52. Xavfli vaziyat! Hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Kumanning jarima maydonchasi ichiga tashlab bergan to'piga Gnabrining oyog'i etmay qoldi.

49. GOOOL! Gnabrining goli toza ekanligini VAR ham tasdiqladi.

48. VARga quloq tutamiz.

47. GOOOOOOOL!! Ana xolos. Bu safar ham hakam offsayd bo'lganini etirof etmoqda. Serj Gnarbi bu safar darvozani ishg'ol etgan edi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak yangradi.

- Birinchi bo'limdan olingan suratlarni etiboringizga havola qilamiz.

TANAFFUS

46. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Bavariya" o'yinni nazorat qilmoqda. Mehmonlar esa hech nima qila olishmayapti. "Qizillar" hozircha 6ta zarba berishdi, ulardan 2tasi darvoza tomon aniq bordi.

38. GOOOOOOOL!!! Yo'q, yo'q, Gnabri o'yindan tashqari holatda edi. Laynsmenlar vaziyatni to'g'ri baholay olishdi.

36. Mehmonlar tarkibida kutilmagan o'zgarish. "Borussiya" bosh murabbiyi Lyusen Favr Jeydon Sanchoning o'rniga Gerreyruni tushirdi.

- Gol urilgan vaziyatda "Borussiya" himoyachilari yaqqol xatoga yo'l qo'yishdi.

33. Eslatib o'tamiz, "Borussiya" hali o'yinda raqib darvozasi tomon zarba bermadi.

27. "Bavariya" "hujumlar yomg'iri"ni uyushtirmoqda. "Borussiya" esa hozirda haqiqatdan ham ikkinchi raqam bo'lib o'ynamoqda.

25. Polshalik hujumchini bu mavsumda umuman to'xtatib bo'lmayapti. Levandovski hozirda 14ta gol urgan holda Bundesliga to'purarlari jadvalini boshqarmoqda.

21. "Bavariya" golga qadar taxminan 8 daqiqa mehmonlarga o'ynash qo'yib berdi, ammo shundan so'ng "Bavariya" hujumga tashlandi va shu zahotiyoq hisobda oldinga chiqib oldi.

17. GOOOOOOOOLLL! Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pni "Bavariya" to'purari Robert Levandovski Byurki darvozasiga joylab qo'ydi. Mehmonlar himoyachilari bu vaziyatda juda ham bo'sh harakat qilishdi.

14. Bundesliganing onlayn jadvaliga qaraydigan bo'lsak, Dortmund klubi 3-o'rinda, mezbonlar esa 5-o'rinda joylashganini ko'rishimiz mumkin. Oradaga farq esa atigi 1 ochkoni tashkil etmoqda.

9. Hozircha darvozalar tomon zarba berilmadi. O'yin tempi yomon emas, ammo jamoalar himoyada ham ishonchli o'ynashga harakat qilishmoqda.

5. Kutilganidek o'yin starti yuqori notada boshlandi. Har ikki jamoa, ayniqsa "Bavariya" o'yinning ilk daqiqalaridanoq ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda.

1. Ilk daqiqalardanoq xavfli vaziyat yuzaga keldi. "Bavariya" hujumchisi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo mehmonlar posboni Byurki to'pga birinchi bo'lib chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum "Championat.asia" kuzatuvchilari. Birozdan so'ng boshlanadigan Germaniya "El Klasiko"si, yani "Der Klasiker"ni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика