"Bavariya" bilan ikkita trebl qayd etgan futbolchi jamoadan ketadi
22 sen 2020 23:10
Yangiliklar


"Bavariya" bilan ikkita trebl qayd etgan futbolchi jamoadan ketadi
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines jamoadan ketadi.
Bu haqda "Bild" jurnalisti Kristian Falk xabar bermoqda. 32 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga "Atletik", "Real Sosedad" va "Fiorentina" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Martines 2012 yildan buyon jamoa tarkibida harakat qilmoqda. U faoliyati davomida 8 marta Germaniya chempioni, 5 bora mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. 2012/13 hamda 2019/20 yilgi mavsumlarda u jamoa bilan trebl qayd etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar