"Bavariya" "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan liderlaridan birini yo'qotdi
10 sen 2022 14:10
Yangiliklar
"Bavariya" "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan liderlaridan birini yo'qotdi
Myunxenning "Bavariya" klubi o'ng qanot vingeri Kingsli Koman jarohati sabab safdan chiqdi, deb xabar berdi "Bild".
Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchiga o'ng son mushaklari zo'riqishi tashxisi qo'yilgan. Futbolchining tiklanish davri 2-3 haftani tashkil qiladi.
SHu tariqa, u guruh bosqichining 2-turida "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, shuningdek, Germaniya chempionati doirasidagi "SHtutgart" va "Augsburg" bilan o'yinlarda ham maydonga tushmaydi.
26 yoshli Koman joriy mavsumda "Bavariya" safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, ECHL 2-turi doirasidagi "Bavariya" – "Barselona" bahsi 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar