"Bavariya" Allegri nomzodidan voz kechdi, nishonda boshqa murabbiy bor

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 13:29
"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Bavariya"ni boshqarmaydi.

"Le10sport" xabariga ko'ra, myunxenliklarga Allegri nomzodi maqul kelmagan va ular Tomas Tuxelni Germaniyaga qaytarishni o'ylashmoqda.

O'z navbatida PSJ ham ancha vaqtdan buyon Allegrini ko'zlab yuribdi. Tuxel ketgan taqdirda parijliklar Massimilianoni bosh murabbiylikka olib kelmoqchi.

PSJ sport direktori Leonardo italiyalik murabbiy bilan gaplashishga ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le10sport