BATE futbolchisi bir haftaga qamaldi
14 avg 2020 01:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/586724_original.jpg)
![](/upload/storage/586724_220.jpg)
BATE futbolchisi bir haftaga qamaldi
BATE futbolchisi Anton Sarok Belarusda prezidentlikka qarshi bo'layotgan namoyishlarda ishtirok etayotgan vaqtda tartib posbonlari tomonidan olib ketildi.
"Tut.by" xabariga ko'ra, 28 yoshli forvard 7 sutkalik qamoq jazosi olgan. Qayd etilishicha, qolgan 500dan oshiq insonga 25 sutkalik qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o'tamiz, Belarusda 9 avgust kunidan buyon norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda. Namoyishchilar esa tartib posbonlari tomonidan qamoqqa olib borilmoqda.
Saroka 2019 yilning mart oyiga qadar Belgiyaning "Lokeren" jamoasi sharafini himoya qilgan, keyinchalik BATEga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar