Bastian SHvaynshtayger: "Bonuchchi va Kellini - dunyoning eng kuchli himoyachilari"
03 iyu 2021 18:47
Yangiliklar
Bastian SHvaynshtayger: "Bonuchchi va Kellini - dunyoning eng kuchli himoyachilari"
Germaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Bastian SHvaynshtayger Evro-2020 1/4 final Belgiyaga qarshi Italiyaning o'yinini baholadi.
Roberto Manchini jamoasi belgiyaliklarni asosiy vaqtda 2:1 hisobida mag'lub etdi.
"Bonuchchi va Kellini - ayni damda dunyoning eng kuchli himoyachilaridir", - deb yozdi sobiq xavbek o'zining tvitter sahifasiga.
Italiya Evropa chempionati yarim finalida Ispaniya bilan o'ynaydi, bahs 6 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Fikrlar