So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Bashar Resan: "Paxtakor" taklifini darrov qabul qildim. Yangi futbolchilar bilan jamoani chempionlik sari etaklashni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Bashar Resan: "Paxtakor" taklifini darrov qabul qildim. Yangi futbolchilar bilan jamoani chempionlik sari etaklashni maqsad qilganmiz"

Qishki transferlar oynasida "Paxtakor" safiga ko'chib o'tgan iroqlik futbolchi Bashar Resan saytimizga intervyu berdi.

- Bashar siz "Paxtakor"ga yaqinga ko'chib o'tdingiz. Adaptaciya jarayoni qanday kechmoqda?

- Barchaga salom. Men "Paxtakor" safiga kelib qo'shilganimdan juda xursandman. "Paxtakor" Osiyoda katta nomga ega mashhur jamoa ekanligi barchaga malum. "Persepolis" safida to'p tepayotgan vaqtimda "Paxtakor"ga o'yinlarda ishtirok etganman. Jamoa iqtidorli va jismoniy jihatlama kuchli futbolchilarga to'la ekan. Umid qilamanki, yangi mavsumda biz chempionlikni qo'lga kiritamiz. Jamoada murabbiylar shtabi ham o'zgardi. Mart oyida liga start oladi. Muxlislarni bizni qo'llab-quvvatlab turishga biz yanada yaxshiroq natijalar qayd eta olamiz.

- Muzokaralar qanday kechdi? Taklif qabul qilishdan oldin nimalar haqida o'yladingiz va qaysi jihatlarga etibor berdingiz.

- "Paxtakor" mening xizmatlarimga qiziqish bildirayotganini dekabr oyi avvalida bildim. U vaqti men Iroq klubida edim. Bosh murabbiyga mening o'yinlarim maqul kelgan chog'i. Men taklifni qabul qildim, sababi "Paxtakor" Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy futbolchilari ushbu jamoada faoliyat yuritishadi. Toshkent shahri menga yoqdi va hozircha hammasi yaxshi.

- Bashar, siz bir necha yillar davomida Qatar klublarida o'ynagansiz. O'tgan hafta esa "Paxtakor" Dohada "Al Garafa" bilan to'qnash keldi va mag'lub bo'ldi. Ushbu uchrashuv haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Qatar jamoasiga qarshi o'yin qiyish kechishini bilardik. "Paxtakor" rasmiy o'yinlarda ishtirok etmaganiga ancha bo'ldi. Qatar va O'zbekiston chempionatlarinining taqvimi bir-biridan farq qiladi. Qatar chempionat o'zining eng qizg'in pallasida bo'lsa, O'zbekistonda futbol mavsumi hali boshlangani yo'q. Biz joriy yildagi dastlabki rasmiy uchrashuvni o'tkazdik. To'g'ri, Turkiyada ham 6-7 nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik, lekin rasmiy uchrashuv va yig'indagi nazorat uchrashuvlar katta farq qiladi. Biz uchun biroz qiyin uchrashuv bo'ldi deya olaman, lekin biz durangga loyiq edik deb o'ylayman. Jamoa tarkibiga 6-7 nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi, bu ham o'z so'zini aytmoqda. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz, bizga shunchaki biroz vaqt kerak, xolos.

- O'tgan mavsum "Paxtakor" uchun juda qiyin kechdi. Klub bunga qadar besh mavsum ketma-ket chempion bo'layotgan edi. Yangi mavsum oldidan jamoada katta o'zgarishlar ro'y berdi. "Paxtakor" muxlislari yangi mavsumdan nimalar kutishlari mumkin?

- "Paxtakor" jamoasi har doim g'oliblik uchun kurashgan. Men jamoa tarixini o'rganib chiqdim va siz aytganingizdek, klub so'nggi yillarda ketma-ket besh marotaba liga g'olibligini rasmiylashtirgan. Afsuski, o'tgan mavsum biroz omadsiz bo'ldi. Men va yangi futbolchilar jamoani yana chempionlik sari etaklashni maqsad qilganmiz. Mening eshitishimcha, o'tgan mavsumda jamoa asosan yosh futbolchilarga imkoniyat bergan. Bir narsani yodda tutishimiz kerak, O'zbekiston chempionatida "Paxtakor"dan tashqari boshqa jamoalar ham chempionlik uchun jiddiy kurashishni maqsad qilgan. Nasib qilsa, mavsum boshidanoq barchasi biz istagandek kechadi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика