Bartomeu Valverdeni haydamoqchi emas, direktorlar kengashi istefo talab qilmoqda
29 may 2019 15:05
Yangiliklar
Bartomeu Valverdeni haydamoqchi emas, direktorlar kengashi istefo talab qilmoqda
"Barselona" rahbariyatida jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening klubdagi kelajagi borasida kelishmovchilik paydo bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar prezidenti Xosep Mariya Bartomeu mutaxassisni jamoada saqlab qolmoqchi va mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarda uni aybdor deb hisoblamayapti. Yaqindagina tomonlar 2020 yilgacha bo'lgan bitim imzolashgan edi va Bartomeu mutaxassisni kamida shu muddatgacha saqlab qolmoqchi.
"Barselona" direktorlar kengashi esa bunga qarshi. Ularning fikricha, murabbiylik joyida jamoaga o'zgarishlar kerak. SHu sababli direktorlar kengashi Valverdening istefosini talab qilmoqda. Rahbarlar Bartomeuga bosim o'tkazishmoqda, biroq klub prezidenti o'z fikrini o'zgartirmayapti.
Valverde 2017 yildan beri "Barselona"ni boshqaradi.
Fikrlar