Bartomeu “Barselona” prezidentligidan ketmoqchi emas

26 avg 2020, 08:54
Avvalroq uning klubdan ketishi ma'lum qilingandi.

beIN Sports jurnalisti Ashraf bin Ayyad xabariga ko'ra, Bartomeuning “Barselona” prezidentligidan ketishi mumkinligi takidlangandi.

Diario Sport nashriga ko'ra esa funkcioner klubdan ketishi haqidagi xabarlarni shaxsan o'zi rad etgan va muddatidan avval lavozimini bo'shatish bo'yicha o'ylamayotganini ma'lum qilgan.

Ushbu gap-so'zlarning bari Messining “Barselona”da qolish-qolmasligi fonida ro'y bermoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport