"Barselona"ning sobiq prezidenti vafot etdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 21:26
"Barselona"ning sobiq prezidenti Xose Luis Nunes 87 yoshida vafot etdi.

Nunes 1978-2000 yillar davomida Kataloniya klubi prezidenti bo'lib ishlagandi. Uning davrida "ko'k-anorranglilar" 25 sovringa ega chiqqan. Bular: 7 mamlakat chempionligi, 6 Ispaniya kubogi va 5 Superkubogi, 4 Kubok egalari kubogi va 2 Yevropa Superkubogi.

Shuningdek, uning davrida "Barselona" dunyoning eng boy jamoasi hisoblangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca