"Barselona"ning ikki futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
22 avg 2018, 22:40
"Barselona"ning ikki futbolchisi jarohatlandi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, darvozabon Yasper Sillessen hamda yarim himoyachi Serxi Samper jarohat olgan.

Gollandiyalik posbon oyoq mushaklarini jarohatlagan bo'lsa, xavbek o'z to'pig'idan muammolar orttirib olgan. Ularning safga qaytishi borasidagi ma'lumot tibbiy ko'rikdan keyin ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona